Sherikchilik Kitobi
Shartnoma tuzish bo'yicha tayyor qo'llanma
Kitob haqida
SHERIKCHILIK KITOBI
Sherikchilikdagi muammolarni unuting!
Sherikchilikda barakani o‘chmasligi va pullarni zoya ketkazmaslik uchun ushbu qo‘llanma sizga 99% yordam beradi.
Ushbu qo‘llanmani nima sababdan va qanday yozdim?
Shaxsan oʻzim avvalgi bizneslarimda sheriklarim bilan koʻplab kelishmovchilik va muammolarga uchradim. Keyinchalik olgan bilimlarim sheriklikda muammosiz ishlashimga sabab boʻldi va bu bilimlarni boshqa tadbirkorlarga ham ulashgim keldi.
Ushbu qoʻllanmani har qanday sherikchilikda boʻladigan aksariyat savollarga sodda va loʻnda javob topish uchun yozdim.
Qoʻllanmani yozishda biznesdagi 15 yillik tajribam va fiqhiy masalalarda olgan bilimlarim judayam qoʻl keldi.
Sherikchilikdagi muammolar
- Sheriklar bilan shartnoma tuzilmagan yoki oldingi shartnomada kamchiliklar mavjud.
- Qanday shartnoma tuzishni bilmaysiz.
- Vaqt oʻtishi bilan sheriklar orasida kelishmovchiliklar boshlanadi.
- Sherik xohlagan vaqti pul oladi va ishga mas’uliyat bilan qaramaydi.
- Investor bilan puxta shartnoma qilish uchun bilim yetishmaydi.
Qoʻllanma sizga nima beradi?
- Nimadan boshlab nimadan tugatish boʻyicha yoʻl koʻrsatadi.
- Sheriklar orasida muammo chiqishi mumkin boʻlgan holatlarni oldindan koʻrib chiqib, puxta shartnoma tuzishga yordam beradi.
- Sherikchilikdagi noaniqlik va janjallarga yechim beradi.
“Doʻst boʻlib boshlangan sherikchilik, dushman boʻlib yakunlanadi” — xuddi dushmanlardek kelishuv qiling va doimiy doʻst boʻlib qoling.
Qoʻllanma qaysi savollarga javob beradi?
- Sheriklardan biri kasal boʻlsa yoki vafot etsa nima boʻladi?
- Foyda va zarar qanday taqsimlanadi?
- Vazifalar qanday taqsimlanadi?
- Sheriklikda nimalar mumkin emas?
- Biznesdan chiqish tartibi qanday?
- Biznesdan pul olish tartibi qanday?
- Investorning majburiyat va huquqlari qanday?
- Qarindoshlarni ishga olishda nimalarga amal qilinadi?
- Shartnoma muddati va yangilash tartibi qanday?
- Qarindosh va doʻstlar orasidagi shartnoma masalalari.
Kimlarga 100% yordam beradi?
- Sherikchilikda biznes qilayotgan va shartnomasini yangilamoqchi boʻlgan tadbirkorlar.
- Biznesini sheriklar bilan kengaytirmoqchi va investor bilan ishlamoqchi boʻlgan tadbirkorlar.
- Investorlik qilmoqchi boʻlgan pul egalari.
- Sheriklikda biznes boshlamoqchi boʻlganlar.
- Sherikchilik ilmini puxta oʻrganmoqchi boʻlganlar.
- Ilmsizlikda pullari va vaqti zoya ketishini istamagan sarmoyadorlar.
- Gigant korxona va puxta kelishuv qilmoqchi boʻlganlar.
Kimlar uchun emas?
Oʻzim hamma narsani bilaman deb oʻylaydiganlar.
Jamiyat uchun zararli bizneslar.
Qoʻllanmani olgandan soʻng
- Koʻpchilik bilmaydigan sherikchilik bilimiga ega boʻlasiz.
- Zararli kelishuvlarni aniqlab bartaraf qilasiz.
- Shartnoma namuna va shablonlari sizning qoʻlingizda boʻladi.
- Sherikchilikda kelishi mumkin boʻlgan millionlab zarar mablagʻlarini tejab qolasiz.
Qoʻllanmaning asosiy qiymati
3 xil format:
Kitob formati — sherikchilikdagi asosiy ma’lumotlarni oʻrganasiz.
Shablon formati — shartnoma tuzishda qaysi holatlarga toʻxtalish kerakligi va bir nechta variantlar berilgan.
Muzoraba va musharaka shartnoma shablonlari — shartnoma tuzish uchun tayyor shablonlar.
Qoʻllanma sizga consultantlik qiladi. Shartnoma tuzishda asosiy qadamlar kitobning oʻzida ketma-ketlikda tushuntiriladi.
Qoʻllanma mavzulari
Sherikchilik nima va uning turlari
- Shartnomani oldindan tuzishning foydalari.
- Shartnoma tuzishdagi xatolar va asosiy talablar.
- Biznesdan va foydadan ulushlarni aniqlash.
- Biznesda zararga sheriklik boʻyicha oltin qoida.
- Qarorlarni kim qabul qiladi?
- Shartnoma tuzishda nimalarga e’tibor berish kerak?
Natija: Sheriklikda eng koʻp uchraydigan xatolarga yechim olasiz.
Musharaka
- Shirkat ishlari.
- Vazifalar taqsimoti.
- Kasallik yoki vafot holatidagi oʻzgarishlar.
- Biznesdan pul olish tartibi.
Natija: Barcha noaniqliklar tarqaydi va aniq kelishuvlarga koʻra xotirjamlikda barakali ish yuritiladi.
Muzoraba
- Bir taraf pul kiritadi, ikkinchi taraf mehnat qiladi.
- Foyda va zarar taqsimoti mushorakadan farqliroq boʻladi.
- Kasallik va vafot holatlari.
- Biznes kimniki boʻladi va qanday taqsimlanadi?
Natija: Muzoraba hamkorligining musharakadan farqli muhim jihatlari va eng muhim qoidalarini bilib olasiz.
Moddiy manfaat
Bir tanishimiz 180 000$ mablagʻ bilan IT biznesini sheriklikda boshlagan va shartnoma tuzilmagan. Natijada arzimagan sabablarga koʻra koʻngil sovush va ajralish xolatlari boʻldi.
Xuddi shunga oʻxshash 7 000 000 $ sarmoyalarni shartnomasiz boshlangan va katta zararlar koʻrganiga guvoh boʻlganmiz.
Ushbu qoʻllanma sizga mablagʻlaringizni tejab qolishga yordam beradi.
Bu shunchaki kitob emas
Bir nechta turdagi sherikchilikda shartnoma tuzish uchun maxsus shablon.